O‘zbekiston-Tojikiston chegarasini bir kunda qancha odam kesib o‘tmoqda?

O‘zbekiston-Tojikiston chegarasini bir kunda qancha odam kesib o‘tmoqda?

O‘zbekiston TIV ma’lumotlariga asosan O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari o‘rtasida imzolangan Chegara to‘g‘risida gi kelishuvdan so‘ng ikki mamlakat chegarasini kesib o‘tuvchilar soni ortgan. Bugungi kunda O‘zbekiston-Tojikiston chegarasini bir sutkada 20 mingdan ziyod fuqaro kesib o‘tmoqda.

O‘zbekiston TIV rahbari birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matovning aytishicha, prezident Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi davomida imzolangan Davlat chegarasi to‘g‘risida gi kelishuvi tufayli bugungi kunda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida 16ta KPPlar ishlab turibdi.

Ikki davlat o‘rtasidagi chegarani kesib o‘tuvchilar soni esa bir sutkada 20 mingdan ziyodni tashkil qiladi. Shanba-yakshanba kunlari esa bu ko‘rsatkich yanada ortadi.

Davlat chegaralarini kesib o‘tish masalasi yaqin-yaqinlarga qadar eng katta gumanitar masalalardan biri edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan ochiqlik va do‘stlikka asoslangan siyosat tufayli chegara oldi masalalariga yechim topildi , - deb qayd etdi Ne’matov.

Chegaralarning ochilishi mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy jarayonlarga o‘z ijobiy ta’sirini o‘tkazgani qayd etildi.

Xususan, O‘zbekiston va Markaziy osiyo davlatlari o‘rtasida joriy yilning 9 oy davomida tovar ayriboshlash ko‘rsatkichi o‘rtacha o‘sishi 50%dan ortiqni tashkil etgan.

Shu paytga qadar qo‘shni mamlakatlar bilan tovar ayriboshlash hajmi 100 million dollardan oshmagan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev esa bizning oldimizga Tojikiston bilan tovar ayriboshlashni milliard dollarga yetkazish topshirig‘ini qo‘ygan va biz hozirda shu masala ustida ish olib bormoqdamiz , - deb ma’lum qildi diplomat.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!