O‘qituvchilardan Islom Karimov byusti uchun majburiy pul yig‘ilgani rostmi?

O‘qituvchilardan Islom Karimov byusti uchun majburiy pul yig‘ilgani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchilar tomonidan qilingan murojaat tarqaldi. Unda maktab direktori hokimlikdan Islom Karimov byustini ko‘tarib kelib, uning narxi 450 ming so‘m ekanligini aytgan. Har bir xodim 10 ming so‘mdan yig‘ib berishini so‘ragan. Shundoq ham pandemiyada qiynalgan o‘qituvchilar  majburan pul yig‘ishlar jonlariga tekganligini aytishgan. 

Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

«O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish hamda kelajak avlodga yetkazish bo‘yicha tayyorlangan byustlarni viloyatdagi idora, korxona, tashkilot va muassasalarga hamda shahar va tumanlar hokimlarga yetkazib berish to‘g‘risida taklifiy taqsimot jadvaliga ko‘ra, viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga 200 dona taqsimot qilingan. Ushbu byustlar viloyat xalq ta’limi boshqarmasining ichki taqsimoti asosida tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga taqsimlab berilgan. Jumladan, Chiroqchi tumaniga 30 dona, Qarshi shahriga 9 dona, Qarshi tumaniga 12 dona, Mirishkor tumaniga 7 dona, G‘uzor tumaniga 12 dona, Dehqonobod tumaniga 17 dona, Qamashi tumaniga 15 dona, Koson tumaniga 18 dona, Kitob tumaniga 16 dona, Muborak tumaniga 6 dona, Nishon tumaniga 7 dona, Kasbi tumaniga 10 dona, Shahrisabz tumaniga 15 dona, Yakkabog‘ tumaniga 18 dona, Shahrisabz shahriga 4 dona byustlar taqsimot qilingan.

Hozirda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarida homiylik yoki byudjetdan tashqari tushgan mablag‘ asosida shakllantirib, maktablarga tarqatish uchun saqlanmoqda.

Qolgan 5 ta tumanda Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning byustlari, o‘zlari tashabbus ko‘rsatgan maktab direktorlariga tarqatilgan. Jumladan, Chiroqchi, Muborak, Qarshi, Koson, Dehqonobod tumanlari maktablariga tarqatilishi taqsimot qilingan bo‘lib, pul mablag‘lari maktablar jamoasidan yig‘ib olinmaganligi ma’lum bo‘ldi», deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!