Turkiyaning Diyorbakir viloyatida terakt: 7 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi jarohatlangan

Turkiyaning Diyorbakir viloyatida terakt: 7 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi jarohatlangan

Turkiyaning Diyorbakir viloyatida joylashgan Kulp tumanining qishloq hududida Kurdiston ishchi partiyasi jangarilari o‘tin yig‘ishga ketayotgan odamlar to‘la avtomobilni portlatib yubordi. Oqibatda 7 kishi halok bo‘lgan, 10 kishi jarohat olgan.

«Anadolu Ajansı» agentligi xabariga ko‘ra, portlashdan oldin voqea joyida tuman hokimligiga qarashli mashinani ko‘rishgan. Turkiya xavfsizlik kuchlari xodimlari o‘tkazgan amaliyot chog‘i Xalqlar demokratik partiyasi mahalliy bo‘linmasi rahbari hamda Kulp hokimligi ilmiy bo‘limi boshlig‘i qo‘lga olingan. Portlatishga bevosita aloqador shaxslar qidirilmoqda.

Tergov aniqlashicha, terrorchilar masofadan ishga tushiriluvchi portlovchi qurilmadan foydalanishgan. Portlash joyida diametri 1,5 metrlik chuqur hosil bo‘lgan. Jangarilar ko‘proq odamning qonini to‘kish uchun oldinda ketayotgan yog‘och ortilgan traktorni atayin o‘tkazib yuborgani aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!