Turkiya prezidenti ham koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanishga tayyorligini aytdi

Turkiya prezidenti ham koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanishga tayyorligini aytdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 4 dekabr kuni vaksinalarga qarshi hech qanday e’tirozi yo‘qligini va o‘zi ham COVID-19’ga qarshi vaksinasiya qildirishini aytdi. 

«Menda vaksina bilan bog‘liq muammolar yo‘q, men shaxsan COVID-19’ga qarshi vaksinasiya qildiraman», — degan Turkiya prezidenti juma namozidan keyin jurnalistlarga. Shu bilan birga, Erdo‘g‘on qaysi kompaniya ishlab chiqargan vaksinani afzal ko‘rishiga aniqlik kiritmagan.

U Turkiya bilan koronavirusga qarshi vaksinalarni sotib olish uchun Rossiya va Xitoy muzokara olib borayotganini eslatib o‘tgan.

Erdo‘g‘on o‘tgan hafta Rossiya prezidenti bilan koronavirusga qarshi vaksinani import qilish masalasini muhokama qildi. Shu bilan birga, Erdo‘g‘on Turkiya ham COVID-19’ga qarshi o‘z vaksinasini yaratish ustida ish olib borayotganini bildirgan.

Turkiya Xitoyning SinoVac kompaniyasidan 50 million doza vaksina buyurtma qilgan, shuningdek, Pfizer tomonidan BioNTech bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan vaksinani sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Avvalroq AQShning sobiq prezidentlari Barak Obama, Jorj Bush va Bill Klinton kamera qarshisida koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanib, jamoatchilikning xavfsizlikka bo‘lgan ishonchini oshirishga tayyorligini bildirgandi. Amerikaning yirik OAVlari tomonidan AQShning saylangan prezidenti deb e’tirof etilayotgan Jo Bayden jamoatchilik oldida koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanishga tayyorligini aytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!