Tramp Xitoy borasida afsusda! Nega?

Tramp Xitoy borasida afsusda! Nega?

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy mahsulotlariga boj miqdorini yanada balandroq oshirmaganiga afsuslanmoqda, dedi Oq uy matbuot kotibi Stefani Grishem.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bilan muzokaralar chog‘ida Trampdan Xitoy bilan savdo urushi keskinlashishi munosabati bilan u biror nimadan afsuslanmoqdami yoki yo‘qmi, deb so‘rashdi. AQSh prezidenti bu savolga tasdiq javobini berdi. Shundan so‘ng qator OAVlar Tramp Xitoy bilan savdo urushidan afsusda ekanligini yozib chiqdi.

"Uning javobi noto‘g‘ri talqin qilingan. Prezident Tramp bojlarni yanada balandroq ko‘tarmaganligidan afsusda ekanligini bildirgan", - deyiladi Oq uy matbuot kotibining bayonotida.

Avvalroq Tramp AQSh 1 sentyabrdan Xitoyning 300 mlrd dollarlik mahsulotlariga boj miqdorini avval rejalashtirilganidek 10 foizga emas, 15 foizga, 1 oktyabrdan esa 250 mlrd dollarlik mahsulotlariga 25 emas, 20 foizga oshirilishini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!