Toshkentdagi kafeni qasddan yoqib yuborgan shaxs ushlandi – IIV

Toshkentdagi kafeni qasddan yoqib yuborgan shaxs ushlandi – IIV

«Shovotlandiya» kafesiga qasddan o‘t qo‘ygan shaxs «Matiz»da manzilga kelib, bino devorlariga shisha idishdagi suyuqlikni sepib, so‘ng yana bir idishdagi suyuqlikni bino ichkarisiga otgan. Alanga chiqishini kuzatib, yong‘in sodir bo‘lgach voqea joyini yashirincha tark etgan, deya xabar bermoqda IIV.

Ushbu jinoyatni muqaddam JKning 164-moddasi 4-qismi, 168-moddasi, 3-qismi, 127-moddasi, 3-qismi bilan sudlangan Samarqand viloyati Toyloq tumanida yashovchi S.F. sodir etgani aniqlangan va u qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan JKning 173-moddasi 2-qismi «b,v» bandlari (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Avvalroq, yong‘in natijasida kafeda ishlagan va yashagan 5 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!