Pashinyan Rossiyaga bordi. Maqsad nima?

Pashinyan Rossiyaga bordi. Maqsad nima?

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan YEOII sammitida ishtirok etish uchun Moskvaga bordi. «TASS» muxbirining xabar berishicha, samolyot poytaxt aeroportlaridan biriga qo‘ngan.

Pashinyan YEOII sammitida ishtirok etadi, keyin esa Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi.

Pashinyan yaqinda Rossiyani 2020 yilda Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi mojaro va 2023 yilda Tog‘li Qorabog‘ masalasi avj olgan paytda tutgan pozisiyasi uchun tanqid qilgandi. Armaniston vakillari KXSHT doirasidagi qator tadbirlarda qatnashmadi. Uchrashuv arafasida Kreml so‘nggi paytlarda Moskva va Yerevan o‘rtasida «muammoli masalalar yig‘ilib qolganini» aytdi. Rossiya rasmiylari bo‘lajak muzokaralar «i» ni belgilashga imkon beradi deb umid qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!