Surxondaryodagi maktabda erkak 2-sinf o‘quvchisini kaltakladi

Surxondaryodagi maktabda erkak 2-sinf o‘quvchisini kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi 23-umumta’lim maktabida erkak o‘quvchini kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holatga izoh berdi.

Oltinsoy tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, videotasvirda aks etgan holat joriy yilning 6 may kuni kuzatilgan. Shu maktabning 2-sinf o‘quvchilari Y.J. hamda I.B. o‘zaro tortishib qolgan. Shu sababli o‘quvchi I.B. otasiga arz qilgan va videotasvirda aks etgan erkak, ya’ni I.B.ning otasi, maktabga kelib mazkur holatni sodir etgan.

Holat bo‘yicha maktab ma’muriyati tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish uchun zarur hujjatlar tayyorlanayotgan bo‘lib, fuqaroga nisbatan qonun doirasida tegishli choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!