Toshkent viloyatidagi xonadonda yuz bergan gaz tufayli portlashda halok bo‘lganlar bor

Toshkent viloyatidagi xonadonda yuz bergan gaz tufayli portlashda halok bo‘lganlar bor

Bugun, 11 noyabr kuni, Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani Surum mahallasidagi uylarning birida gaz to‘planib chaqnashi natijasida portlash sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, oqibatda 2 nafar shaxs vafot etgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyiga zudlik bilan yetib borgan tergov tezkor guruhi ishlamoqda.

Qayd etilishicha, holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!