“Tolibon” vakillari O‘zbekistonda

“Tolibon” vakillari O‘zbekistonda

Bugun, 11 avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi xabar berishicha, “Tolibon” harakati delegasiyasi 7-10 avgust kunlari amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan.

Qatar davlatida joylashgan “Tolibon” harakati siyosiy idorasi rahbari Sher Muhammad Abbos Stanikzay boshchiligidagi delegasiya Tashqi ishlar vazirligida qabul qilingan.

Uchrashuvda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish, rasmiy Qobul bilan barqaror vaziyat yaratish bo‘yicha kelishuvga erishish istiqbollari muhokama qilingan.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!