Tezkor! 9 apreldan avtomobillarga maxsus ruxsatnoma berish to‘xtatiladi

Tezkor! 9 apreldan avtomobillarga maxsus ruxsatnoma berish to‘xtatiladi

Bugun, ya’ni 9 apreldan avtomobillarga maxsus ruxsatnomalar berish to‘xtatiladi. Bu haqda Maxsus komissiya xabarida e’lon qilindi.

Hurmatli fuqarolar!

Koronavirus infeksiyasini keng tarqalishini oldini olish va e’lon qilingan karantin talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 apreldagi qaroriga asosan, 2020 yil 9 apreldan boshlab avtotransport vositalari harakatlanishiga davlat xizmatlari markazlari tomonidan maxsus ruxsatnoma berish to‘xtatildi.

Bunda avtotransport vositalariga mazkur sanaga qadar taqdim etilgan ruxsatnomalar asosida harakatlanish huquqi saqlab qolindi.

Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarning ro‘yxati qisqartirilib, alohida e’lon qilinadi.

❗️Ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lgan arizalar qanoatlantirilmasdan qoldiriladi, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!