Texnikumlarga 70 ming o‘quvchi qabul qilinadi. Shundan 60 ming nafari – kontrakt asosida

Texnikumlarga 70 ming o‘quvchi qabul qilinadi. Shundan 60 ming nafari – kontrakt asosida

2020/2021 o‘quv yili uchun texnikumlarga to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, bu yil respublika bo‘ylab 168ta texnikumga 60 849 nafar o‘quvchi kontrakt asosida qabul qilinadi.

Texnikumlarga qabul kvotalari – kontrakt (.pdf)

Avvalroq, grant asosida 185ta texnikumga 9 199 nafar o‘quvchi qabul qilinishi ma’lum bo‘lgandi.

Texnikumlarga qabul kvotalari – grant (.pdf)

Kontrakt narxi hozircha noma’lum. Qabul 25 oktyabrdan boshlangan va 25 sentyabrgacha davom etadi. Talabgorlar texnikum.edu.uz platformasi orqali ariza berishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, texnikumlarga kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega shaxslar o‘qishga qabul qilinadi, o‘qish ta’lim yo‘nalishining murakkabligidan kelib chiqqan holda kamida 2 yil davom etadi.

Ta’lim kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarda amalga oshiriladi. Bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlarsiz, yakka tartibdagi suhbat orqali OTMlarda 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, kollejlarga ham qabul kvotalari tasdiqlangan. Bu yil 192ta kollejga 68 563 nafar o‘quvchi to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!