Tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sherobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan SH.O‘. va boshqalar xorijda ishlab chiqarilgan 5 890 quti “Esse Change” va 1 000 quti “Vello Polar Mint” nomli tamaki mahsulotlarini fuqaro M.X.ga 155 mln so‘m va 7 500 AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Chegara” mahallasi hududida tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar A.N., SH.J. va I.U. xorijda ishlab chiqarilgan 1 200 quti “Esse Change” nomli tamaki mahsulotini fuqaro A.A.ga 54 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ushlanib, ularning yonidan jami 1 790 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!