Talabalar Samarqandda selda oqib ketayotgan bir oilani qutqarib qoldi (video)

Talabalar Samarqandda selda oqib ketayotgan bir oilani qutqarib qoldi (video)

Toshkent davlat texnika universiteti Konchilik ishi va metallurgiya fakulteti, metallurgiya yo‘nalishi 2-kurs 1-17 guruh talabalari murabbiy boshchiligida O‘zbekiston bo‘ylab sayyohat qil aksiyasi doirasida dam olish kunlari Samarqand shahriga sayohat uyushtirishadi.

Sayohat davomida viloyatning Qo‘shrabot tumanida kursdoshlari uyida mehmon bo‘lgan talabalar 2019 yil 20 aprel kuni selda oqib kelayotgan avtomashina ichidagilarni butun boshli oila a’zolarining hayotini saqlab qolishdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Talabalar oqim bilan kelayotgan Neksiya avtomobilini to‘xtatib, uning ichidan er-xotin, ularning ikki oylik chaqalog‘i hamda buvisini qutqarib olishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!