Surxondaryo viloyati "Hududiy elektr tarmoqlari" sudga berildi

Surxondaryo viloyati "Hududiy elektr tarmoqlari" sudga berildi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi joylarda elektr energiyasi va undagi uzilishlar yuzasidan monitoring ishlarini olib bormoqda. Surxondaryo viloyatida olib borilgan o‘rganishlar davomida 8-12 soatgacha elektr tarmoqdan rejasiz uzilish holatlari kuzatildi. 

Boysun tumani,  kun  davomida  10  soat  45 minut;
Qumqo‘rg‘on tumani,  kun   davomida  9 soat  50 minut;
Jarqo‘rg‘on tumani,  kun   davomida  8 soat  50 minut;
Sariosiyo tumani,  kun  davomida  8 soat   35 minut;
Uzun tumani,  kun   davomida  9 soat  17 minut;
Termiz tumani,  kun   davomida  8 soat   50 minut;
Angor tumani,  kun   davomida  11 soat 50 minut;
Denov tumani,  kun   davomida  10 soat 45 minut;
Sherobod tumani,  kun   davomida  11 soat  35 minut.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi iste’molchilarning haq-huquqlari buzilish holatlarini yuzaga keltirgan "Hududiy elektr tarmoqlari" bo‘yicha sudga da’vo a’rizalarini kiritib bormoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!