Suriyadan qaytgan 20 nafar erkak va ayol ushlandi

Suriyadan qaytgan 20 nafar erkak va ayol ushlandi

Suriyadan Qozog‘istonga qaytgan 16 nafar erkak va to‘rt nafar ayol terror faoliyatiga aloqadorlik gumoni bilan ushlandi. Bu haqda 13 may kuni Tashqi ishlar vazirligida Jusan maxsus amaliyoti yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida vazir o‘rinbosari Yerjan Ashiqbayev ma’lum qildi.

16 nafar erkak va to‘rt nafar ayol terror faoliyati gumoni bilan ushlandi. Qolgan 55 nafar ayol va bolalar maxsus reabilitasiya markazlariga joylashtirildi. Ayni damda tibbiy tekshiruv olib borilmoqda, karantin belgilangan, shu bilan birga ular bilan psixologlar ish olib borayotir. Hujjatlari, shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar tiklanmoqda, terror faoliyatlariga aloqadorligini aniqlash maqsadida tergov ishlari olib borilmoqda, dedi jurnalistlargayerjan Ashiqbayev.

Qozog‘iston TIV vakilining ta’kidlashicha, terror harakatlari ishtirokchilari jinoyat sodir etganlikda dalillarga asoslangan holda Qozog‘iston qonunlariga asosan jinoiy javobgarlikka tortiladi .

Erjan Ashiqbayevning so‘zlariga qaraganda, 7 va 9 may kunlari o‘tkazilgan Jusan maxsus amaliyoti doirasida 230 dan ortiq qozog‘istonlik Suriyadan Qozog‘istonga AQSh va Suriya demokratik kuchlari ko‘magi bilan evakuasiya qilindi.

Prezident Qosim-Jomart Toqayevning matbuot kotibi tomonidan e’lon qilingan bayonotiga qaraganda, Jusan amaliyotining davomi sifatida o‘tkazilgan amaliyot doirasida evakuasiya qilinganlarning 156 nafari asosan maktab yoshigacha bo‘lgan bolalardir, ulardan 18 nafari yetim.

2018 yilning iyulida Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi Yaqin Sharqda urush boshlanganidan beri Suriya va Iroqqa Qozog‘istonning 800 ga yaqin fuqarosi jo‘nab ketganini ma’lum qilgan edi. Muassasa bayonotiga ko‘ra, Suriya va Iroqdagi xalqaro terror tashkilotlari saflarida 120 nafar qozog‘istonlik erkak, 250 dan ortiq ayol va 500 ga yaqin voyaga yetmagan bola bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!