Sudanda sel qurbonlari 130 nafarga yaqinlashdi

Sudanda sel qurbonlari 130 nafarga yaqinlashdi

Sudan Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Sudanda sellar oqibatida halok bo‘lganlar soni 124 nafarga yetgan. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar bermoda. 

Mazkur mamlakatda bir necha haftadan beri kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatilmoqda, bu esa o‘z navbatida sellar va ko‘chkilarga olib kelyapti. Oqibatda mamlakat bo‘ylab 100 mingta uy qisman yoki to‘liq vayronaga aylangan. 

Sudan Mudofaava xavfsizlik kengashi 5 sentyabr kuni yog‘ingarchiliklar sabab uch oylik favqulodda holat e’lon qilgan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!