Sirdaryodagi YTHda bir kishi vafot etdi

Sirdaryodagi YTHda bir kishi vafot etdi

Shu yilning 26 dekabr kuni soat 20:30larda Sirdaryo viloyati, Xovos tumani hududidan o‘tuvchi 4R-32 “Yangiyer-Paxtakor” avtomobil yo‘lida YTH sodir bo‘ldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, yo‘lning 16-kilometrida haydovchi, Xovos tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan J.A. “Kobalt” rusumli avtomobilini boshqarayotib, yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan piyoda, Mirzaobod tumanida yashagan, 1991 yilda tug‘ilgan o‘.B.ni urib yuborgan.

Natijada, o‘.B. tan jarohati olib, kasalxonada vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!