SHHTning Samarqand sammitida tarixiy qarorlar qabul qilinadi

SHHTning Samarqand sammitida tarixiy qarorlar qabul qilinadi

Bunga Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Anvar Nosirovning ishonchi komil.

“Joriy yilning sentyabr oyida tashkilot safini kengaytirishga qaratilgan chinakam tarixiy qarorlar qabul qilinadi”, — Sputnik O‘zbekiston muxbiri ekspert so‘zlarini keltiradi.

Nosirovning so‘zlariga ko‘ra, BMT, MDH, KXSHT, YEOII va boshqa bir qator tuzilmalar bilan o‘rnatilgan yaqin aloqalar SHHT o‘zining umumlashtirilgan kun tartibini ilgari surish uchun salmoqli salohiyat yaratadi.

Avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov SHHT 10 taga yaqin davlatdan tashkilotda ishtirok etish uchun arizalar ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilgandi. Ular bo‘yicha qaror sentyabr oyida Samarqandda qabul qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!