Shavkat Mirziyoyev kimlar xato qilmasligini aytdi

Shavkat Mirziyoyev kimlar xato qilmasligini aytdi

O‘zbekiston Prezidenti Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi majlisida ishtirok etayotgani va nutq so‘zlayotgani haqida xabar bergan edik.

Davlat rahbari nutqi davomida mamlakatda o‘tkazilgan so‘nggi saylovlarda yutuqlar bilan birga ko‘plab kamchiliklar ham bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi. Xususan, Toshkent shahrida yavka u qadar yuqori bo‘lmagani va bu barcha yirik shaharlarga xos ekanini ta’kidladi.

Davlat rahbari nutqi davomida Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Teodor Ruzveltning so‘zlaridan iqtibos keltirdi:

“Hech qanday ish qilmagan odam xato ham qilmaydi. Xato qilishdan qo‘rqmaslik kerak, balki qayta xato qilishdan qo‘rqish kerak”.

Prezident shunday deb, yangi saylangan deputatlarni odamlar bilan faolroq muloqotga kirishishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!