Sayyoramizda ochlikdan aziyat chekayotganlar soni ortmoqda

Sayyoramizda ochlikdan aziyat chekayotganlar soni ortmoqda

BMT hisobotiga ko‘ra o‘tgan yili sayyoramizda 820 million kishi ochlikdan aziyat chekkan. Ketma- ket uchinchi yildirki sayyoramizda ocharchilik ko‘rsatkichi ortib bormoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2018 yili ochlikdan aziyat chekayotganlar soni 821,6 million kishini tashkil etgan. BMTning “Dunyo oziq-ovqat xavfsizligi va ta’minoti holati bo‘yicha" hisobotida aytilishicha, sayyoramizdagi har to‘qqizinchi inson ochlikdan aziyat chekmoqda. Ochlikdan aziyat chekayotganlarning aksariyati Osiyoda asosan Janubiy Osiyo davlatlarida istiqomat qiladi.

Shu bilan birga eng xavfli vaziyat Afrikada bo‘lib, bu yerda ochlikning eng yuqori darajasi saqlanib turibdi. Va bu ko‘rsatkich asta-sekinlik bilan biroq barqaror tarzda barcha hududlarda ortib bormoqda. Ocharchilik iqtisodiy o‘sish sur’atlari sustlashib borayotgan ko‘plab davlatlarda kuchayib borayotganligi qayd etildi. Hisobotda aytilishicha, o‘tgan yili sayyoramizda qisman yoki kuchli oziq- ovqat yetishmovchiligini boshidan kechirgan odamlar soni 2 mlrd.ga borib yetgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!