Samarqandda YPX xodimi haydovchini elektroshoker bilan qo‘rqitishga urindi

Samarqandda YPX xodimi haydovchini elektroshoker bilan qo‘rqitishga urindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yo‘l-patrul xizmati xodimi haydovchini elektroshoker yordamida qo‘rqitishga uringani aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Jahongir Sagdullayev munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 20 may kuni Jomboy tumani Galakapa ko‘chasida xizmat olib borayotgan inspektor M.A. tomonidan shu ko‘chada harakatlanib kelayotgan Spark rusumli transport vositasi to‘xtatilib tekshirilgan.

Natijada haydovchi L.A. mashinani me’yoriy hujjatlarsiz boshqarib, yo‘l harakati qoidasininig tegishli bandini buzib kelayotgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, inspektor mashinasini vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yishini aytganida, haydovchi unga qarshilik qilib, xodimning qonuniy talabiga bo‘ysunmay, inspektordan evakuator chaqirishini so‘ragan.

Inspektor haydovchini agarda uning qonuniy talablariga bo‘ysunmasa, elektroshoker qurilmasini qo‘llashi bo‘yicha ogohlantirgan hamda mashina evakuator yordamida vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Xabarga ko‘ra, holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!