Samarqandda Nexia beton to‘siqqa urilib, yonib ketdi. 2 yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan

Samarqandda Nexia beton to‘siqqa urilib, yonib ketdi. 2 yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 14 oktyabr kuni soat 06:20 larda Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1050-kilometrida Nexia haydovchisi yuqori tezlikda harakatlanib ketayotib, boshqaruv vaqtida uxlab qolishi natijasida yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan va mashina ag‘darilib ketgan.

Avariya oqibatida transport vositasida yong‘in sodir bo‘lgan. Mashina salonida bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Haydovchi tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!