Samarqandda 3 ming dollarga noqonuniy dori sotayotganlar qo‘lga olindi

Samarqandda 3 ming dollarga noqonuniy dori sotayotganlar qo‘lga olindi

Ma’lum qilinishicha, holat Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Fuqaro E.A. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro SH.ga jami 1622 dona kuchli ta’sir qiluvchi «Regapen» nomli dori vositalarini 3000 AQSh dollariga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda 25 million so‘mga noqonuniy dori sotayotganlar ushlangani va Toshkentda 175 million so‘mga noqonuniy dori sotayotganlar qo‘lga olinganihaqida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!