O‘zbekistonda Koreya tajribasi asosida “Elektron parlament” tizimini joriy qilish grant loyihasi amalga oshiriladi

O‘zbekistonda Koreya tajribasi asosida “Elektron parlament” tizimini joriy qilish grant loyihasi amalga oshiriladi

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Koreya Respublikasining Milliy assambleyasi delegasiyasini qabul qildi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda tomonlar ikki davlat parlamentlarining aloqalari hozirda yangi bosqichga ko‘tarilganini, yaqin do‘stlik rishtalariga, xalqlarning mentaliteti, an’ana va qadriyatlari o‘xshashligiga asoslangan aloqalar strategik sheriklik munosabatlari darajasida rivojlanib borayotganini qayd etdi.

Shuningdek, savdo va investisiya ko‘rsatkichlari barqaror o‘sib borayotganiga, mamlakatimizda Koreya kapitali ishtirokida qariyb mingta korxona faoliyat yuritayotganiga e’tibor qaratilib, bu boradagi ko‘rsatkichlarni oshirish maqsadida qo‘shma loyihalarni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Koreya tajribasi asosida Koica xalqaro hamkorlik agentligi ko‘magi bilan O‘zbekistonda “Elektron parlament” tizimini joriy qilish grant loyihasining amalga oshirilishi muhokama qilindi.

Yaqinda saylangan Koreya Respublikasi Milliy assambleyasi qo‘mitalari bilan Oliy Majlis Senati qo‘mitalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kuchaytirish bo‘yicha takliflar ham ilgari surildi.

Janubiy Koreyaning boy tajribasini inobatga olgan holda ayollar bandligini ta’minlash, birinchi navbatda, ularni tadbirkorlikka jalb etish, biznesni boshqarish salohiyatini oshirish yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rag‘batlantirish lozimligi ta’kidlandi.

Parlament darajasida Koreyadagi o‘zbekistonlik mehnat migrantlari uchun qulay sharoitlar yaratish masalasida ham fikr almashildi.

Suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasida ta’lim, sog‘liqni saqlash, korrupsiyaga qarshi kurashish sohalarida birgalikda yangi loyihalarni ishga tushirishga kelishib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!