Rossiyada xaridor bir vanna tangaga iPhone XS sotib oldi

Rossiyada xaridor bir vanna tangaga iPhone XS sotib oldi

Rossiyada xaridor "Apple"ning smartfonini sotib olish uchun do‘konga bir vanna chaqa pul ko‘tarib keldi.

Hodisa fotosi va izohini "Apple"ning rasmiy riteyleri hisoblangan re:Store do‘konini boshqaruvchi "Inventive Retail Group" kompaniyasi matbuot kotibi Lyudmila Semushina "Facebook"da e’lon qildi.

Semushinaning so‘zlariga ko‘ra, xaridor tanga pullar bilan to‘ldirilgan vannani “shunday ko‘chadan” ko‘tarib kelgan. Suratda sotuvchi pulni qo‘lda sanash bilan bandligini ko‘rish mumkin, chunki do‘konda tangani avtomatik sanab beradigan qurilma yo‘q.

Xaridorning so‘zlariga ko‘ra, vannada 100 ming rublga yaqin pul bo‘lgan. Tangalar sanab bo‘linganidan so‘ng, u xotirasi 256 gigabaytga teng iPhone XS smartfonini sotib olishga muvaffaq bo‘lgan.

Manba; turon24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!