Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 350 ming nafardan oshdi

Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 350 ming nafardan oshdi

Rossiyada 25 may tonggi holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar 8 946 nafarga oshdi. Bu bir kun avvalgi ko‘rsatkichdan 347 kishiga ko‘pdir.

Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda umumiy hisobda 353 427 kishi koronavirusga chalingan.

So‘nggi sutkada kasallanganlarning eng ko‘pi Moskva (2 560 nafar), Moskva viloyati (831 nafar), Sankt-Peterburg (374) shaharlarida aniqlangan.

Shuningdek, sutka davomida 92 nafar bemor, umumiy hisobda esa 3 633 nafar bemor virus qurboni bo‘lgan. 24 may kuni esa koronavirus infeksiyasi yuqtirib olgan 153 kishi vafot etib, COVID-19 bemorlarining o‘limi bo‘yicha sutkalik antirekord yangilangandi.

Kasallanganlarning 5499 nafari tuzalib, ularning umumiy soni 118 798 nafarga yetgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!