Rossiya Ispaniya va Italiyaning 51 nafar diplomatini mamlakatdan haydab yubordi

Rossiya Ispaniya va Italiyaning 51 nafar diplomatini mamlakatdan haydab yubordi

Rossiya Italiya va Ispaniyaning Moskvadagi elchixonasi xodimlarini mamlakatdan chiqarib yubormoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 18 may kuni Ispaniyaning Moskvadagi elchisi Markos Gomes Martines Rossiya TIVga chaqirilgan. Diplomatik idorada elchiga Madridning Rossiya elchixonasining 27 nafar xodimi haqidagi provokasion bayonoti munosabati bilan keskin norozilik bildirilgan.

“Javob sifatida Ispaniyaning Moskvadagi elchixonasi va Sankt-Peterburgdagi Ispaniya bosh konsulligining 27 nafar xodimi “persona non grata” deb e’lon qilindi. Ular elchiga tegishli nota topshirilgan paytdan boshlab yetti kun ichida mamlakatni tark etishlari kerak”, deyilgan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan bayonotda.

Bundan tashqari, Italiyaning Moskvadagi elchisi 18 may kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan va mamlakatning Rossiyadagi elchixonasining 24 nafar xodimi chiqarib yuborilishi ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 5 aprel kuni Ispaniya Tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares qirollikdan 27 nafar rossiyalik diplomatni chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilinganini bildirdi. Mahalliy matbuotning yozishicha, ularga mamlakatni tark etish uchun yetti kun muhlat berilgan.

Italiya esa 30 nafar rossiyalik diplomatning chiqarib yuborgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya aprel oyida Yevropa Ittifoqi, Bolgariya va Germaniyaning mamlakatdagi diplomatlarini chiqarib yuborgandi. May oyida esa Daniya, Bolgariya, Ruminiya va Fransiya diplomatlarini “persona non grata” deb e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!