Respekt! Germaniya sudi azonning yana baralla chaqirilishiga ruxsat berdi

Respekt! Germaniya sudi azonning yana baralla chaqirilishiga ruxsat berdi

Germaniya sudi azonning ovoz kuchaytirgich orqali aytilishiga bildirilgan e’tirozlarni qabul qilmadi. 

“Al-Jazira”ning xabar berishicha, Shimoliy Reyn-Vestfalidagi Er-Erkenshvikk shahrida yashovchi musulmonlar besh yildan beri davom etayotgan sud ishida yutib chiqdi. Masjiddan 900 metr narida yashovchi bir oila juma kunlari azonning ovoz kuchaytirgich orqali aytilishiga e’tiroz bildirib, 2015 yilda sudga murojaat qilgan. Biroq sud oilaning e’tirozini rad etdi va azonning yana baralla chaqirilishiga ruxsat berdi. 

«Har bir jamiyat odamlarning boshqa insonlar o‘z diniga qanday amal qilayotganidan boxabar bo‘lishiga to‘g‘ri kelishiga ko‘nikishi zarur», – deya izohladi sudya Annett Klyaynshnittger.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!