Rasmiy ma’lumot: deputatlikka vafot etgan odamning nomzodi qo‘yilganmidi?

Rasmiy ma’lumot: deputatlikka vafot etgan odamning nomzodi qo‘yilganmidi?

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi ro‘yxatga olingan nomzodlar orasida "o‘lik jonlar" borligi haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi.

MSK telegram kanalida ushbu ma’lumot tasdiqlanmagani haqida aytilgan.

"Markaziy saylov komissiyasi 20-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan, bir necha yil oldin vafot etgan shaxsni deputatlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi tahminiy xabarlar yuzasidan tekshiruv o‘tkazdi. Shuni ma’lum qilamizki, ushbu ma’lumot o‘z tasdig‘ini topmadi", - deyilgan xabarda.

Ushbu xabar tarqalishiga sabablar, "o‘lik jon" sifatida aynan kim ro‘yxatga olingani haqida tushuntirish berilmagan.

O‘zbekistonda Parlament saylovlari 2019 yilning 22 dekabrida bo‘lib o‘tadi. Parlamentdagi 150ta o‘ringa mamlakatda faoliyat yurituvchi beshta partiyalar tomonidan ilgari surilgan 750 nomzod da’vogarlik qilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!