Qo‘qonda erkak fuqarolarga to‘pponcha o‘qtalib, buni videoga oldi

Qo‘qonda erkak fuqarolarga to‘pponcha o‘qtalib, buni videoga oldi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida erkak fuqarolarga to‘pponcha o‘qtalib, buni videoga oldi. Bu haqda “Ruxsor News”da xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro Qo‘qon shahrida joylashgan klublarning birini reklama qilish maqsadida soxta to‘pponcha bilan fuqarolarga o‘qtalgan va buni videoga olgan. Video ijtimoiy tarmoqlarga joylangach, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan.

“Ichki ishlar xodimlari meni chaqirdi. Qilgan ishimdan pushaymonman. Boshqa qing‘ir ishlar bajarmayman, uzr so‘rayman”, — deydi u.

Qayd etilishicha, bu kabi huquqbuzarliklar u tomonidan avval ham bir necha marotaba sodir etilgan. Sud hukmiga asosan u besh sutkaga qamaldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!