Fayzullayevning agenti «Bavariya»ning qiziqishi haqida fikr bildirdi

Fayzullayevning agenti «Bavariya»ning qiziqishi haqida fikr bildirdi

Abbosbek Fayzullayevning agenti German Tkachenko mijoziga «Bavariya» tomonidan bo‘lgan qiziqish haqida fikr bildirdi.

«Bavariya» Abbosbek Fayzullayev bo‘yicha qo‘ng‘iroq qildi, ular futbolchini aniq sotib olish haqida gapirishmadi. Shunchaki, futbolchining transfer statusi haqida ma’lumot olishdi, Abbos ularning skautlar ro‘yxatida bor. Ular futbolchining narxi va shartnomasi haqida so‘rashdi», — dedi German Tkachenko.

Eslatib o‘tamiz, Fayzullayev o‘tgan yilning yozida SSKA safiga ko‘chib o‘tgandi. Hamyurtimiz o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 32 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U shu vaqt oralig‘ida 5 ta gol urdi va 14 ta golga assist qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!