Rossiyalik milliarder fuqarolikdan mahrum bo‘ldi

Rossiyalik milliarder fuqarolikdan mahrum bo‘ldi

Kipr hukumati Merkuriy kompaniyalar guruhi egasi, milliarder Igor Kesayevni fuqaroligidan mahrum qildi, deb xabar bermoqda Phileleftheros gazetasi.

Kesayev Rossiyadagi eng yirik tamaki distribyutori Megapolis, Dixiye supermarketlar tarmog‘i va Mercury Development kompaniyasiga egalik qiladi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Kesayevning boyligi 5,5 milliard dollarni tashkil etadi va u reytingda 29-o‘rinni egallaydi. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan YEI uning Monolit jamg‘armasining Rossiya hukumati bilan aloqasi tufayli tadbirkorga qarshi sanksiyalar kiritdi. U 2012 yilning may oyida sarmoya evaziga Kipr Respublikasi pasportini olgan.

Kesayevdan tashqari orol hukumati ukrainalik tadbirkor Konstantin Grigorishining pasportidan ham mahrum qildi.

«Oltin pasport» dasturi sarmoya evaziga fuqarolikni olish imkonini beradi. Masalan, Kiprda buning uchun iqtisodiyotga 2,5 million evro sarmoya kiritish kerak. Orol rasmiylariga ko‘ra, 2007 yildan 2020 yilgacha dastur tufayli mamlakat 9,7 milliard yevro jalb qilishga muvaffaq bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!