Belgiya Fransiya bilan o‘yinda XXI asrdagi antirekordini o‘rnatdi

Belgiya Fransiya bilan o‘yinda XXI asrdagi antirekordini o‘rnatdi

1 iyul kuni Yevropa chempionati 1/8 finalida Fransiya va Belgiya terma jamoalari to‘qnash keldi.

Uchrashuv 1:0 hisobida Fransiya terma jamoasi foydasiga hal bo‘ldi. Qayd etish kerakki, butun o‘yin davomida belgiyaliklar Mik Maynyan darvozasiga atigi beshta zarba berdi.

Opta Sport ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich ularning 21-asrdagi yirik turnirlarda o‘tkazilgan barcha o‘yinlar ichidagi eng yomon natijasi bo‘ldi. 1990 yilda Italiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida vaziyat bundan ham yomonroq bo‘lgan. O‘shanda turnirning guruh bosqichida Urugvay terma jamoasi bilan o‘yinda belgiyaliklar butun o‘yin davomida Janubiy Amerika jamoasi darvozasiga bor yo‘g‘i to‘rt marta zarba bergan.

Germaniyada Yevropa chempionati 14 iyundan 14 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi. Amaldagi chempion Italiya termasi Yevro—2020 finalida Angliya terma jamoasini mag‘lub etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!