Neymar Ronaldu va Ronaldinyo o‘rtasida tanlov qildi

Neymar Ronaldu va Ronaldinyo o‘rtasida tanlov qildi

Braziliya terma jamoasining jarohat olgan hujumchisi Neymar blis-intervyuda portugaliyalik Krishtianu Ronaldu hamda Braziliya terma jamoasi hamda "Barselona" afsonasi Ronaldinyo o‘rtasida qiyin tanlov qildi.

Neymar Ronaldu va Ronaldinyo o‘rtasida tanlov qilishga majbur bo‘lgunga qadar barcha savollarga ishonch bilan javob berdi. Keyin Neymar yuzini to‘sib, tanaffus qildi va Ronalduni tanladi. Biroq, shundan so‘ng darhol portugaliyalik futbolchini emas, Lionel Messini tanladi.

Neymar 2023 yilning yozida "PSJ"dan "Al-Hilol"ga o‘tgan edi. Bu davrda u barcha turnirlarda beshta uchrashuvda qatnashib, bitta gol va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Joriy mavsum yakunida “Al-Hilol” Saudiya Arabistoni chempioniga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!