Qozog‘istondagi aviahalokat qurbonlari oilalariga 4 million tangadan beriladi
Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin rahbarligida Bek Air samolyoti aviahalokati sabablarini o‘rganish bo‘yicha hukumat komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi.
«Olmaota viloyatida yuz bergan fojia butun Qozog‘iston aholisini tashvishga soldi. Aviahalokat oqibatida ko‘plab odamlar jarohat olib, halok bo‘ldi», — deydi Mamin.
Yig‘ilishda bosh vazir davlat rahbarining topshirig‘iga ko‘ra halok bo‘lganlarning oilalariga 4 million tangadan mablag‘ ajratilishini ma’lum qilgan. Talafot ko‘rganlarga ham zaruriy yordam ko‘rsatilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:22da Qozog‘istonning Olmaota shahridan uchib ketish chog‘ida Bek Air aviakompaniyasiga qarashli samolyot balandlikni yo‘qotgani va beton to‘siqni buzib o‘tib, ikki qavatli binoga borib urilgani xabar qilingandi.