Qozog‘istonda vaziyat og‘ir: virus o‘z hukmini o‘tkazmoqda

Qozog‘istonda vaziyat og‘ir: virus o‘z hukmini o‘tkazmoqda

Qozog‘istonda bir sutkada 22 kishi COVIDdan vafot etdi, yana 1 500 fuqaroda koronavirus aniqlangan. Bu haqida Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bir sutka davomida COVID-19dan vafot etgan bemorlar soni ikki karra oshgan, mamlakatni koronavirusning uchinchi to‘lqini qamrab olmoqda.

Shuningdek, bugun Almatida koronavirusning o‘ta yuqumli britancha va janubiy-afrikancha shtammlar aniqlangani ma’lum bo‘ldi.

Bir sutka davomida Qozog‘istonda 1 485 ta COVIDga chalinganlik holatlari aniqlangan. Ularning teng yarmi Nur-Sulton va Almati shaharlariga to‘g‘ri keladi.

Sal avval mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarma rahbari Timur Muratov Qozog‘iston poytaxtidagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat 2020 yilning yoz faslidagiga o‘xshashligini qayd etgan edi.

Pandemiya boshlangandan buyon Qozog‘istonda koronavirusdan 2 980 kishi, pnevmoniyadan – 677 (1 avgust-27 mart oralig‘idagi ma’lumotlar) qurbon bo‘lgan. Kovid bilan kasallanganlar soni 238 785 kishini tashkil etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!