Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi birdaniga 35ta jinoyatda ayblanmoqda

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi birdaniga 35ta jinoyatda ayblanmoqda

G‘arbiy Qozog‘iston viloyati polisiyachilari tomonidan O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan birdaniga 35ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

«Xabar 24» telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, firibgar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, odamlarni aldagan. Ushbu shaxs Uralskdagi korxonaning direktori bo‘lgan va aholiga arralangan binokorlik materiallari bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif qilgan.

Soxta tadbirkor fuqarolardan to‘lovni oldindan olgan, so‘ng izsiz g‘oyib bo‘lgan. Shu tariqa u bir yil davomida harakat qildi. Natijada, aldangan odamlar polisiya murojaat qilishdi. Tergov davomida aniqlanishicha, taxminan 40 kishi O‘zbekiston fuqarosining aldovi qurboniga aylangan.

«Qozog‘iston Respublikasi hududini Petropavlovsk shahrida tark etishga urinish chog‘ida fuqaro YU. qo‘lga olindi, hozirgi vaqtda unga nisbatan Uralsk shahri sudi tomonidan ehtiyot chorasi qo‘llandi - qamoqqa olish», - deya ma’lum qildi G‘arbiy Qozog‘iston viloyatining Ichki ishlar departamenti Davlat tili va axborot boshqarmasi boshlig‘i Ibrohim Jusupkaliyev. 

Kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!