Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qozoqdaryo davlat o‘rmon-ov xo‘jaligida ov qilgan brakonyerlar qo‘lga olindi..

Qoraqalpog‘iston Respublikasi  Qozoqdaryo davlat o‘rmon-ov xo‘jaligida ov qilgan brakonyerlar qo‘lga olindi..

2021 yil 21 iyun kuni, tungi soat 23:40 da Qozoqdaryo davlat o‘rmon-ov xo‘jaligi hududida S.T. tegishli bo‘lgan neksiya avtomashinasi Qozoqdaryo davlat o‘rmon-ov xo‘jaligi hududidan chiqishda to‘xtatilib, avtomashinaning yuk xonasi ko‘zdan kechirildi. Ko‘zdan kechirilganda avtomashina yukxonasi ichidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida istiqomad qiluvchi fuqarolar A.K. va T.S. ov qilish taqiqlangan mavsumligiga qaramasdan ushbu fuqarolar tomonidan taqiqlangan yoritish uskunasidan(projektor) foydalangan holda bir dona yovvoyi to‘ng‘iz otilganligi va ushbu yovvoyi hayvonni avtomashina yukxonasiga joylashtirib olib ketayotganliklari aniqlandi.

Ushbu huquqbuzar fuqarolarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, noqonuniy otilgan bir dona yovvoyi to‘ng‘iz yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Hozirgi kunda qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!