Qor yoqqanligi sababli yuz minglab amerikalik chiroqsiz qoldi

Qor yoqqanligi sababli yuz minglab amerikalik chiroqsiz qoldi

Qor 14—15 noyabr kunlari AQShning sharqiy qismiga yopirilganligi ta’kidlanmoqda. Sent-Luis tumaniga 20 santimetrga yaqin qor yog‘gan. Ob-havo ma’lumotlariga ko‘ra, qor qoplami qalinligi Nyu-Jersi shtatining shimoliy qismida 20 santimetr, Yangi Angliyaning janubiy qismida 15 santimetrga yetishi mumkin.

Ob-havo sharoitlari sababli 5,5 mingga yaqin reys kechiktirilganligi, 1,5 mingga yaqin parvoz bekor qilinganligi ma’lum qilinmoqda. Qor yog‘ishi elektr ta’minotida ham muammolarni yuzaga keltirdi: beshta shtatda 200 mingga yaqin odam chiroqsiz qolgan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!