Qirg‘izistonlik jinoiy avtoritet uchun 5 million dollar taklif etildi

Qirg‘izistonlik jinoiy avtoritet uchun 5 million dollar taklif etildi

 

 

 

AQSh Davlat departamenti qirg‘izistonlik jinoiy avtoritet Kamchibek Kolbayev haqida ma’lumot berish uchun pul mukofotlari miqdorini oshirdi. Endi u haqda ma’lumot berish 5 million dollarga baholanadi. Bu haqda Davlat departamentining veb-saytida xabar berildi.

AQSh Tashqi ishlar vazirligi mukofot «Qamchibek Kolboyevning hibsga olinishi, sudlanishiga olib keladigan yoki uning jinoiy tashkilotining moliyaviy oqimlari yo‘llarini to‘sishga yordam beradigan ma’lumotlar uchun» oshirilganligi haqida xabar berdi.

Kolbayev 2000 yilda jinoiy rahbarlik va yana ikki kishini o‘ldirishga urinishda aybdor deb topilgan. Unga 25 yillik qamoq jazosi tayinlangan. Oradan olti yil o‘tgach, u qamoqdan qochib ketadi. 2007 yilda AQSh Davlat departamenti Kolbayevni Qirg‘izistondagi eng nufuzli jinoiy guruh rahbari deb ta’riflagan edi. 2008 yilda u eng katta jinoyatchi deb e’tirof etilgan.

Departamentning ta’kidlashicha, oxirgi marta Kolbayev 2020 yil oktyabr oyida Bishkekda jinoiy tashkilot tuzgani va unda qatnashgani uchun hibsga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!