Qibray elektr stansiyasidagi yong‘in Toshkentning bir qismini suvsiz qoldirdi

Qibray elektr stansiyasidagi yong‘in Toshkentning bir qismini suvsiz qoldirdi

Joriy yilning 22 fevral kuni Qibray tumanida joylashgan viloyat elektr tarmoqlariga qarashli elektr stansiyasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, elektr stansiyasida sodir bo‘lgan yong‘in sababli suv uzatish qurilmalari (nasos) ishi to‘xtagan. Shu bois, hozirda Toshkent shahrining tumanlarida suv bosimining pasayishi va ayrim tumanlarda uzilishlar sodir bo‘lishi mumkin.

Hozirda yong‘in bartaraf etilib, ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun shahar ma’muriyati uzr so‘raydi , - deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!