“Qasoskorlar” filmidan quvilgan “Xalk”

“Qasoskorlar” filmidan quvilgan “Xalk”

Gollivud aktyori, “Emma” nomzodi Mark Ruffalo yaqinda Jimmi Felon ko‘rsatuvida aytgan so‘zlari uchun “Qasoskorlar” filmidagi “Xalk” rolidan ayrildi.

Ko‘rsatuvni olish jarayonida Rufallo “Qasaskorlar” kartinasining to‘rtinchi qismi qanday nom bilan atalishi haqida ma’lumot bergan ekan. Ko‘rsatuv olinganidan so‘ng aktyor boshlovchi Felon bilan Tvitter ijtimoiy tarmoqlari orqali uning so‘zlarini kesib tashlashini so‘ragan. Uning bu iltimosi esa qisman bajarilgan.

Ko‘rsatuv to‘liq talqinda efirlarga uzatildi. Ammo aktyorning film nomlanishi haqidagi so‘zlari turli qo‘shiqlar bilan o‘zgartirilgan bo‘lsa ham namoyish etildi. Muxlislar ko‘rsatuv davomida aktyorning og‘iz qimirlatishiga qarab filmning so‘nggi qismi “ Qasoskorlar: So‘nggi qasoskor” deb nomlanishini bilib olishdi.

Bu hodisaga kartinaning rejissyorlari aka-uka Entoni va Jo Russo oddiy va aniq javob berishdi. “Mark, sen ishdan haydalding”.

Muxlislar bu hodisadan so‘ng esankirab qolishdi. Ruffaloning qilgan ishi hazilmi yoki haqiqatan ham kartinadan ketmi?


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!