Qashqadaryoda “T-28” rusumli transport vositasi yonilg‘i bakida chaqnash sodir bo‘ldi

Qashqadaryoda “T-28” rusumli transport vositasi yonilg‘i bakida chaqnash sodir bo‘ldi

Gaz balonidan foydalanishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qiling
11 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida yashovchi S.A. boshqaruvidagi “T-28” rusumli traktori yonilg‘i bakiga gaz kondensatini quyayotgan vaqtida gaz kondensati va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan.

Natijada traktorning salon qismi yonib zarar ko‘rgan va S.A. kuyish jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi

Manba: asr. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!