Marokashning 52 shahrida G‘azo sektoriga uyushtirilgan hujumlarga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi

Marokashning 52 shahrida G‘azo sektoriga uyushtirilgan hujumlarga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi

Marokashning 52 shahrida 2023 yil 7-oktabrdan beri qirg‘inda ayblangan Isroil tomonidan blokadadagi G‘azo sektoriga uyushtirilgan hujumlarga qarshi namoyishlar o‘tkazildi.

Marokashning «Ummat muammolari yechimlarini qo‘llab-quvvatlash tashkiloti» nodavlat tashkiloti xabar berishicha, mamlakatning 106 ta hududida minglab odamlarning norozilik namoyishlari tashkil etilgan.

Kasablanka, Agadir, Ujda, Taroudan, Berkan va Al-Jadida ham Falastin anklaviga hujumlar to‘liq to‘xtamaguncha ko‘cha va maydonlarga chiqishga qaror qilgan shaharlar qatoriga kiradi.

Marokash G‘azoni qo‘llab-quvvatlash uchun eng qizg‘in namoyishlar va norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tayotgan islomiy davlatlar qatorida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!