Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda 7 kishi vafot etdi

Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda 7 kishi vafot etdi

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida 8 may kuni yo‘l-transport hodisasi oqibatida 7 nafar fuqaro vafot etdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 8 may kuni Kasbi tuman Toshqo‘rg‘on mahallasi hududidan o‘tuvchi 4r-92 Qarshi–Talliqo‘rg‘on–Kasbi–Jeynov avtomobil yo‘lining 26-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. YTH oqibatida 7 nafar fuqaro vafot etgan.

Shuningdek, sodir etilgan YTHning kelib chiqish sabablari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda Qashqadaryo viloyati hokimi haydovchi va fuqarolarni yo‘lda xushyorlikka chaqirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!