"Putin Ukrainadagi urushni imkon qadar tezroq tugatish niyatida"

"Putin Ukrainadagi urushni imkon qadar tezroq tugatish niyatida"

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Ukrainadagi inqirozni imkon qadar tezroq tugatish niyatida ekanini aytdi. Bu haqda RT sayti PBS telekanaliga tayanib xabar bermoqda.

U O‘zbekistonda Putin bilan keng ko‘lamli suhbat o‘tkazganini ta’kidlagan.

U menga buni imkon qadar tezroq tugatish niyatida ekanligini bildirdi”, — deya Erdog‘an so‘zlarini keltirgan PBS telekanali.

Turkiya OAVlari Rajab Toyyib Erdog‘an Samarqanddagi Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yana bir bor prezident Vladimir Zelenskiy bilan muzokara o‘tkazishni taklif qilishini ma’lum qilishgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!