"Putin — panjalari orasidagi sichqonni istagan vaqtda yutib yuboradigan mushuk"

"Putin — panjalari orasidagi sichqonni istagan vaqtda yutib yuboradigan mushuk"

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Rossiya prezidenti Vladimir Putinning respublikaga nisbatan sanksiyalarni joriy etmaslik borasidagi pozisiyasiga izoh berdi. Bu haqda Gruziyaning «Rustavi 2» telekanali orqali xabar qilindi. Bu haqda "Daryo" nashri yozmoqda.

Saakashvilining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yetakchisi respublika hukumati bilan «qashshoq Gruziyaning ahamiyati mavzusida master-klass» o‘tgan.

«Putin Gruziyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish to‘g‘risidagi qarori bilan panjalari orasida sichqonni ushlab turib, uni istagan vaqtda yutib yuborishi mumkin bo‘lgan mushukka o‘xshaydi. Gruziyaning hozirda to‘liq korrupsiyaga botgan hukumati Rossiya iqtisodiyotiga qarab yo‘nalish olish uchun qo‘lidan kelgan barcha narsani qildi va bugun ushbu harakatlar o‘z natijasini berdi», — deydi siyosatchi.

Saakashvilining qo‘shimcha qilishicha, 2012 yilda Gruziya va Amerika erkin savdo bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin bo‘lgan. Agarda u amalga oshganida Gruziyadagi hech bir inson o‘z tovarini Rossiyaga olib kirmagan bo‘lar edi. Biroq respublikaning hozirgi hukumati qasddan boshlangan ishni oxiriga yetkazmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!