Prezidentning ukasi vafot etdi

Prezidentning ukasi vafot etdi

18 noyabrda BAA prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol-Nahayon ukasi - Shayx Sulton bin Zoid Ol-Nahayonning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi.

Shu munosabat bilan BAAda uch kunlik motam e’lon qilingan, shu kunlar mamlakatdagi barcha bayroqlar tushirib qo‘yiladi.

Shuningdek, BAA amirliklari hukmdorlari o‘z ta’ziyalarini bildirganlar.

Shayx Sulton bin Zoid Ol-Nahayon 1955 yilda tug‘ilgan. U Angliyadagi Millfild maktabida ta’lim olgan va Sandxerst qirollik harbiy akademiyasi bitiruvchisi bo‘lgan.

Shayx Zoidning ikkinchi o‘g‘li bo‘lgan Shayx Sulton o‘z vaqtida bosh vazir o‘rinbosari bo‘lgan, so‘ngra prezident vakili lavozimini egallagan va bu lavozimda umrining so‘nggi kunlarigacha qolgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!