Poytaxt tumanlaridan birida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Poytaxt tumanlaridan birida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Yashnobod tumanida 9 iyul kuni soat 11:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilariga gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi, deb xabar bermoqda Hududgaz poytaxt.

2021-2022 yillar kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, Toshkent shahar,Yashnobod tumani “Sulton Mashhadiy” ko‘chasidagi yer usti D-108 mm o‘rta bosimli va “Parkent” ko‘chasi, 38 uy oldidagi yer usti D-76 mm past bosimli gaz quvurlaridagi gaz sizib chiqish holatlarini bartaraf etish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yashnobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 2021 yil 9 iyul kuni amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu ishlarni bajarishda 2021 yil 9 iyul kuni soat 11:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilariga gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Aholi iste’molchilari:

“Parkent” ko‘chasidagi, 6 ta ko‘p qavatli uylar, 120 ta xonadon.

Ulgurji iste’molchilari:

“Sulton Mashhadiy” va “Parkent” ko‘chalaridagi maishiy korxonalar.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!